AMIR TEMUR MUZEYIGA TASHRIF

          2017 yil 21 noyabr kuni TTA huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish tarmoq markaziga noyabr-dekabr oylarida o’qishga kelgan “Davolash ishi” (Xirurgiya-1) yo’nalish tinglovchilari Toshkent shahridagi tarixiy joylardan biri “Amir Temur” muzeyiga tashrif buyurishdi.

      Muzey binosi o’zida Temuriylar davri va zamonaviy me’morchilik sa’nati uslublarini mujassamlashtirgan. U doira shaklida bo’lib, katta qubbali gumbazi, ko’p ustunlik ochiq ayvon bor.  Muzey binosi mustaqillik davrida bunyod etilgan eng noyob inshootlardan biridir. Bugungi kunda muzey fondidagi ashyolar 5000 ga yaqindir. Muzey ekspozitsiyasidan 2000 dan ortiq eksponat o’rin olgan. Hozirda muzey ekspozitsiyasida namoyish etilayotgan va fondlarida saqlanayotgan eksponatlar Temuriylar tarixidan so’zlovchi noyob yodgorliklardir.

Tinglovchilar “Amir Temur” muzeyiga tashrif davomida katta ta’surotlar bilan qaytishdi.

FOTOLAVXALAR:

photo_2017-11-22_08-34-00 — копия photo_2017-11-22_08-33-49 photo_2017-11-22_08-33-45 photo_2017-11-22_08-33-38